OTM va yo‘nalishlar bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilindi
Jamiyat
−
27 iyul
120642024/2025 o‘quv yili uchun ta’lim kesimida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim shakllari, tillar va yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy taqsimoti e’lon qilindi. Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi xabar berdi.
Ular quyidagilardan iborat:
- kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
- sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
- kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
- masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti;
- maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti;
- sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti;
- oliy ta’lim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining ta’lim sohalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash boshlangani haqida xabar berilgandi.