OTM o‘qituvchilari uchun arzon uylar quriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati bilan Toshkent shahar, Olmazor tumani Talabalar shaharchasida Oliy ta’lim muassasalarining o‘qituvchi, murabbiy va ilmiy xodimlariga 2019–2020 yillarda 6 ta 9 qavatli arzon uylar qurilishi belgilandi.

Mazkur uylar uchun “Ipoteka-bank” ATIB tomonidan quyidagi shartlarda ipoteka krediti ajratiladi:

kredit muddati 20 yil, boshlang‘ich badal 25 foiz va imtiyozli davr 1 yil;

kreditning birinchi 5 yilida boshlang‘ich 7 foiz stavkasidan (banklarning 2 foiz marjasini hisobga olgan holda) qayta moliyalashtirish stavkasiga yetgungacha har yili bosqichma-bosqich proporsional oshirib boriladigan stavkada va keyingi davrda qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi.


Maqola muallifi

Teglar

qaror Olmazor tumani arzon turar joy

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing