Otdan tushsa ham egardan tushmas Kim Chen In (fotoreportaj)

Olam

image

KCNA axborot agentligi Shimoliy Koreya Prezidenti Kim Chen Inning Payektu tog‘ida oq otni choptirayotgani aks etgan suratlarni e’lon qildi. Bu uning 2750 metrlik cho‘qqiga birinchi marotaba chiqishi emas va tahlilchilar bunday ishoralar odatda katta e’lonlar arafasida qilinishini aytishadi. Tog‘ mamlakat tarixida alohida o‘rin tutadi va u Kim Chen In otasining tug‘ilgan joyi sifatida tanilgan.

"Uning Payektu cho‘qqisida ot ustida yurishi Koreya inqilobi tarixidagi katta ahamiyatga ega voqea", deb aytiladi KCNA e’lon qilgan xabarda.

Kim-Putin: Shimoliy Koreya va Rossiya rahbarlari nega uchrashmoqchi?

"U Payektu tepasida otda o‘tirar ekan, eng qudratli mamlakatni qurish yo‘lidagi mashaqqatli kurash yo‘lini imon va Payektu tog‘i kabi qat’iyat bilan esladi. "2017 yilda u yangi yil nutqidan bir necha hafta oldin tog‘ga tashrif buyurdi va ko‘p o‘tmay Janubiy Koreya bilan diplomatik muzokaralar boshlanishiga ishora qildi. Xabarlarga ko‘ra, Prezident Kim Payektu tog‘iga kamida uch marta ko‘tarilgan va 2018 yilda Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In bilan ham birgalikda tog‘ga chiqqan”, deb yozmoqda OAV. 

Ushbu tog‘ poytaxt Pxenyandan yuzlab kilometr uzoqlikda, Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi chegarada joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In

Baholaganlar

144

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing