OTB O‘zbekistonga 273 million dollar qarz beryapti. Bu safar nimaga? 

Jamiyat

image

Bugun, 22 fevral kuni Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistondagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim bo‘lgan milliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga 273,85 million dollar miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Bank Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Qo‘shni davlatlar bilan savdo va transportni osonlashtiradigan ishonchli yo‘l tarmoqlari dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakat sifatida O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi. OTB hukumatning o‘z milliy yo‘llarini yaxshiroq, xavfsizroq va iqlimga chidamliroq qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga intiladi – bu O‘zbekistonning mintaqaviy transport va logistika markazi sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning mavjud yo‘l tarmoqlari ba’zi talablarga javob bersa-da, ular yomon ahvolda va qayta tiklashni talab qiladi. 

OTB loyihasi Surxondaryo viloyatidagi Derbent va Denov o‘rtasidagi 106 kilometrga yaqin davlat yo‘lini yangilaydi va G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu (A380) avtomobil yo‘lining qariyb 87 kilometrini rekonstruksiya qilish imkoniyatini beradi. 

“A380 avtomagistrali Afg‘oniston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni bog‘lovchi Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (SARES) 2-koridorining bir qismidir”, deyiladi xabarda.

Loyiha natijasida sifatsiz beton qoplamali yo‘llar kengaytiriladi va ularning holati yaxshilanadi, sayohat vaqti va transport vositalarinining xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. 

Shuningdek, avtobus to‘xtash joylari hamda piyodalar uchun qulay sharoitlar ta’minlanadi, aniqroq belgilar va boshqa xavfsizlik funksiyalari qo‘shiladi. Avtotransport vositalarining ortiqcha yuklanishining va yulka shtkastlanishining oldini olish uchun Derbent va Denov yaqinida ikkita harakatda tortish tizimi o‘rnatiladi.

“Ushbu loyiha doirasidagi yo‘l muhandisligi yo‘l harakati xavfsizligi, iqlimga chidamlilik va iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun xalqaro e’tirof etilgan standartlarga mos keladi”, deydi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha transport va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Xideaki Ivasaki.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo taraqqiyot banki yo'llarni rekonstruktsiya qilish

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing