OTB O‘zbekistonga 270 mln dollar ajratdi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2020
5490Osiyo taraqqiyot banki (OTB) joriy yilning 1 sentyabr kuni O‘zbekistonga 274,2 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni ma’qulladi. Bu haqda OTB saytida xabar qilindi.
Pullar mamlakatning g‘arbiy qismidagi 240 km avtomagistralni ta’mirlash va milliy yo‘llar tarmog‘inining muhim nuqtalarida xavfsizlikni oshirishga sarflanadi.
“O‘zbekiston dengizga chiqish imkoni yo‘q davlat sifatida mintaqaviy o‘zaro aloqadorlikni o‘zining transport siyosatining asosiy unsuri etib belgilagan. Bu loyiha mamlakatning Yevropa va Janubiy-sharqiy Osiyo o‘rtasida mintaqiy transport va logistika xabi sifatidagi imkoniyatini oshiradi”, deydi OTB katta mutaxassisi Pavan Karki.
Loyiha doirasida G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu magistralining Qoraqalpog‘istondagi 240 kilometrli uchastkasi ikki polosali sement-beton yo‘lga aylantiriladi. Qayd etilishicha, mazkur yo‘l O‘zbekistondagi mashina eng ko‘p yuradigan yo‘llardan biri hamda Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik (MOMIH) ikki dasturi koridorining muhim bir qismi hisoblanadi.
Uning tarkibida asrning oxiriga kelib harorat deyarli 5ºS ga ko‘tarilishi kutilayotgan Qoraqalpog‘istonning quruq iqlimi uchun mos bo‘lgan iqlim o‘zgarishlariga chidamlilikni ta’minlovchi elementlar ham bo‘ladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida ayollar uchun alohida sanitariya inshootlari joylashgan beshta dam olish bekatlari, shuningdek bozor pavilonlari quriladi, ularning 50 foizi tadbirkor ayollar uchun ajratiladi.
Yo‘l harakati samaradorligi va xavfsizligini oshirish uchun maqsadida Toshkent—Namangan yo‘lining 100 kilometrli uchastkasida intellektual transport tizimini o‘rnatish rejalashtirilgan. Tizim harakat va yo‘l shart-sharoitini real vaqt rejimida kuzatib, tablo va veb-saytlarga ma’lumot va ogohlantiruvlarni yetkazib turadi.
LiveBarchasi