Otabekov: “Toshkentda COVID-19 alomatlari bo‘lgan fuqaro shifoxonaga murojaat qilmagan”

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarning 17 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Bemorlarning 4 nafari og‘ir ahvoldi, 2 nafarining ahvoli o‘rtacha og‘ir. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Otabekov brifing vaqtida fuqarolar hamon kasallikka yengil qarayotgani, alomatlar paydo bo‘lsa-da shifokorlarga murojaat qilmayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Hozirgacha kasallik belgilari bo‘lsada uni yashirishga urinayotganlar topilmoqda. X. ismli bemor, koronavirus kasalligi belgilari paydo bo‘lganiga qaramay, 2 aprelga qadar shifokorlarga murojaat qilmagan. Ahvoli yomonlashgach, kecha Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Ahvoli o‘ta og‘irligi bois, uni sun’iy nafas oldirish apparatiga ulashga to‘g‘ri kelgan”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 221 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'Zbekistonda

Baholaganlar

401

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing