Otabekov butun O‘zbekiston aholisiga tahdid solayotgan kasallikdan ogohlantirdi 

Jamiyat

image

O‘zbekistonning barcha hududidagi aholisi yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinishi mumkin, chunki ularning ratsionida yod tanqisligi mavjud. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda aholisi yod tanqisligi bilan bog‘liq kasalliklarga chalinish xavfi bo‘lmagan hudud yo‘q.

Respublikaning barcha hududlarida olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, fuqarolar tomonidan kunlik o‘rtacha yod iste’moli sezilarli darajada kamaygan bo‘lib, bor-yo‘g‘i 32-64 mkgni tashkil etadi. Zarur bo‘lgan minimal miqdor esa – 150-200 mkgga tengdir.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yod tanqisligi bo‘yicha og‘ir hudud bo‘lib qolmoqda.

Yod tanqisligi tug‘ma gipotireoz bilan kasallanish darajasini oshiradi, homila va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda miyaning qaytarilmas shikastlanishiga, aqliy zaiflikka olib keladi. JSST ekspertlarining fikricha, yod tanqisligi aqliy zaiflikning eng keng tarqalgan sababi bo‘lib, faqat oqilona yondashish orqali uning oldini olish mumkin. Ammo unutmaslik kerakki, yod tanqisligi mavjud bo‘lgan hududlarda yashovchi barcha aholining intellektual salohiyati pasayishi bu muqarrar hisoblanadi.

Ma’lumotga ko‘ra, yod tanqisligiga qarshi ko‘p yillik kurash olib borilayotganiga qaramasdan, hanuzgacha dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham yod tanqisligi muammosi to‘liq hal etilmagan.

Malumot uchun, O‘zbekistonda 102 ta yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va qadoqlash korxona, sexlari faoliyat yuritadi. O‘tkazilgan tekshirishlar davomida laboratoriya tekshiruvlari uchun olingan osh tuzi namunalaridan ular tarkibida yodlanganlik darajasi belgilangan me’yorlarga javob bermagan holatlarda ularni qayta yodlash uchun hududiy sanepidxizmatlarining taqiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan ularning realizatsiyasi to‘xtatilgan. Jami 70,0 tonna tuzni qayta yodlash bo‘yicha korxona rahbarlariga tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Yod tanqisligining belgilari;

•  Vazn o‘zgarishi
•  Kayfiyat buzilishi
•  Bo‘yin sohasida noqulaylik
•  Sochlar va tirnoq mo‘rtligi
•  Menstrual siklda buzilishlar
•  Tana haroratidagi o‘zgarishlar
•  Teri quruqlashishi
•  Hazm tizimida muammolar
•  Yurak ritmida o‘zgarishlar


Maqola muallifi

Teglar

Nurmat Otabekov yod tanqisligi

Baholaganlar

2680

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing