Otabek Umarov Szinpin va uning rafiqasi bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Bu haqda vitse-prezident o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, mazkur uchrashuv bugun, 23 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi fonida bo‘lib o‘tgan. 

“Bu uzoq kutilgan voqea arafasida eng ilhomlantiruvchi uchrashuvdir. Xitoy Xalq Respublikasining muhtaram Raisi Si Szinpin janoblariga va ularning rafiqalari Pen Liyuan  xonimga Osiyo Olimpiya Kengashi faoliyatiga bo‘lgan e’tiborlari uchun tashakkur”, deb yozgan Umarov. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Otabek Umarov Xanchjou shahridagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashgan edi. Vitse-prezident bugun, 23 sentyabr kuni Xanchjou-2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida Osiyo Olimpiya kengashi rahbariyati tarkibida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov Si Tszin'pin Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing