Otabek Umarov Qo‘qondagi tantanali yurishda ishtirok etdi

Jamiyat

Kecha, 13 sentyabr kuni Qo‘qonda o‘tayotgan I Xalqaro hunarmandchilik festivalida otliqlarning tantanali yurishi o‘tkazildi. 

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov ham qatnashdi. 

U saf tortgan otliqlarning boshida yo‘l boshlab borgani videosini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. 

Tantanali yurishni tomosha qilish uchun minglab mahalliy aholi maydonlarga chiqqan. 

Bugun, 14 sentyabr kuni I Xalqaro hunarmandchilik festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib nutq so‘zlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Umarov

Baholaganlar

510

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing