Otabek Xolmatov Fyuri-Usik jang qiladigan turnirda ringga chiqishi mumkin

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Otabek Xolmatovning Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari uchun jangini Amerikaning “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tashkil qiladi. Bu haqda WBA o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.

“Top Rank” promouterlik savdosida 317,5 ming AQSH dollari evaziga g‘alaba qozondi. WBA kamari uchun Xolmatovga raqiblik qiladigan amerikalik Raymon Fordning promouteri esa auksionda 255 ming dollarlik taklif bilan cheklandi.

Hozirda Ford va Xolmatovning jangi sanasini belgilash bo‘yicha muzokaralar ketmoqda. To‘qnashuv 2024 yilning 2 mart kuni Verona, 16 fevral kuni Nyu-York va 17 fevralda Ar-Riyodda o‘tkaziladigan profboks oqshomlaridan biridan o‘rin olishi kutilmoqda. 

Ta’kidlash joiz, 2024 yil 17 fevral kuni Saudiya Arabistoni poytaxti mezbonlik qiladigan jang oqshomida britaniyalik Tayson Fyuri va ukrainalik Aleksandr Usik superog‘ir vaznning mutlaq chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Xolmatov ishtirokidagi to‘qnashuv ham aynan Fyuri-Usik ishtirok etadigan turnir doirasida o‘tkazilishi, ehtimolidan holi emas.


Maqola muallifi

Teglar

boks Tayson F'yuri Aleksandr Usik Otabek Xolmatov Raymon Ford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing