Ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari bilan oila qurish taqiqlanishi kutilmoqda
Jamiyat
−
22 Fevral 2019 16333 2 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, endi nafaqat yaqin qarindoshlari, balki ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari bilan ham turmush qurish mumkin emas. Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 16-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 y., 5-6-songa ilova; 2003 y., 1-son, 8-modda; 2004 y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007 y., 14-son, 133-modda; 2008 y., 16-son, 117-modda; 2009 y., 37-son, 401-modda; 2010 y., 35-36-son, 300-modda, 37-son, 313-modda; 2011 y., 40-son, 410-modda; 51-son, 542-modda; 2013 y., 18-son, 233-modda; 2014 y., 4-son, 45-modda; 2016 y., 39-son, 457-modda; 2017 y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018 y., 03/18/459/0536-son, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son) 16-moddasining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi;
“nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, ota-onaning aka-uka va opa-singillarining farzandlari o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;”
Amaldagi Oila kodeksida 16-moddaning uchinchi xatboshisi quyidagicha bayon etilgan:
nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan qarindoshlar o‘rtasida, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar bilan opa-singillar o‘rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o‘rtasida;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ushbu Qonunning ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilishini ta’minlashi belgilangan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr