Ota-onalarga farzandlarini jismoniy jazolash taqiqlanishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ota-onalarga bolalarni tarbiyalashda jismoniy jazo qo‘llash taqiqlanishi mumkin. Bu haqda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasida keltirilgan.

Qonunchilik palatasining 27 fevraldagi majlisida ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqilib, qabul qilingan.

Qonun loyihasida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishda ota-onalarning ishtiroki va ularning majburiyatlari belgilab qo‘yilmoqda. Jumladan, ota-onalar bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishi, ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi hamda zararli ta’sir ko‘rsatuvchi axborotdan himoya qilishi shartligi, bolalarni tarbiyalashda ularni jismoniy jazolash taqiqlanishi nazarda tutilmoqda.

“Bolaga qanday munosabatda bo‘lsak, unga qanday tarbiya bersak, shunday kelajak yasaymiz” , deb yozdi Alisher Qodirov ushbu qonun loyihasi haqida. 

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yilmasligi, ta’lim muassasalarida intizomiy jazo chorasi sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakli, shu jumladan jismoniy jazo va boshqa shafqatsiz xatti-harakatlarni amalga oshirish yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalani qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilanmoqda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

farzand Ota-onalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing