Xitoy: Butun dunyo JSST ko‘rsatmalariga amal qilsa, COVID-19 iyunda yo‘q qilinadi
Salomatlik
−
21 mart 2020
13437COVID-19 koronavirusining tarqalishidan keyin Xitoy odatiy hayotga qaytmoqda. Butun mamlakat bo‘ylab zavod va fabrikalar, yirik savdo markazlari va restoranlar ishlamoqda, teatr, muzey, bog‘ va attraksionlar ochila boshladi.
Hafta boshidan beri Xitoyning 28 provinsiyasida sayyohlar uchun 3,7 mingdan ortiq diqqatga sazovor joy ochildi. Bu koronavirus sabab yopilgan joylarning qariyb 30 foizini tashkil etadi. Shanxayda Botanika va Hayvonot bog‘lari yana o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda “The Telegraph” gazetasi yozmoqda.
To‘g‘ri, hozircha turistlar soni cheklangan. Biroq nashrning yozishicha, Shanxay muzeyi kuniga ikki mingdan ziyod odamni qabul qilayotgan bo‘lsa, Tarix muzeyi esa uch ming, Xitoy madaniyati muzeyi esa besh ming odamni qabul qilmoqda. Shuningdek, muzeyda bo‘lish vaqti ham chegaralangan: ikki soatdan ortiq qolmaslik kerak. Bundan tashqari, barcha tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishlari shart va ularning isitmasi, albatta, tekshiriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Xitoyda koronavirusga chalingan 88, 5 foiz bemor sog‘aydi. So‘nggi kunlarda infeksiya tarqalgan Xubey provinsiyasida bir marta ham kasallanish holati qayd etilmadi.
XXRning yetakchi mutaxassislarining ishonch bildirishicha, agar butun dunyo JSST ko‘rsatmalariga amal qilsa va koronavirusga qarshi barcha zarur choralar qo‘llanilsa, infeksiya joriy yilning iyun oyiga kelib butunlay yo‘qoladi.
LiveBarchasi