Ostonadagi sammitda Mirziyoyev taqdirlandi
Jamiyat
−
09 avgust 2024 7451 1 daqiqa
Bugun, 9 avgust kuni Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi Maslahat uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari faxriy belgisi” bilan taqdirlandi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari nomidan Maslahat yig‘ilishi raisi sifatida Mirziyoyevga faxriy belgi topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining “Oltin Qiron” (“Oltin burgut”) ordeni bilan taqdirlangandi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr