Ostonada O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi qurilyapti
Jamiyat
−
27 fevral 2019
9106Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasining elchixonasi binosi qurilmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 26 fevral kuni Qozog‘istonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ostona shahrida qurilayotgan O‘zbekistonning bo‘lajak elchixonasi binolari majmuasini borib ko‘rdi.
Qurilish ishlari 2018 yilning may oyida Qozog‘iston poytaxtining Olma-ota tumanida boshlangan edi.
Elchixona bergan ma’lumotlarga ko‘ra, diplomatik vakolatxona binosining qurilish ishlarini 2019 yil yakuniga qadar tugallash mo‘ljallangan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr