Zabelinskaya Shveysariyada sovrindor bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 16 iyul kuni Shveysariyada velotrek yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “UCI Ladies Omnium Zurich-Oerlikon” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Olga Zabelinskaya bronza medalga sazovor bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz joriy yilning 12 iyul kuni Amerikaning Aydaxo shtatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan “Chrono Kristin Armstrong” xalqaro musobaqasida Olga Zabelinskaya kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi. Axamiyatli tomoni shundaki mazkur xalqaro musobaqalarning barchasi Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladi.

Ma’lumot uchun, Olga Zabelinskaya keyingi yil avgust oyida o‘tkaziladigan Tokio Olimpiadasi o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ikkinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘lib turibdi. Bundan oldin tennis bo‘yicha Denis Istomin yo‘llanmaga ega chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Denis Istomin Ol'ga Zabelinskaya UCI Ladies Omnium Zurich-Oerlikon Chrono Kristin Armstrong

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing