Ostona – Nur-Sulton: pasportni yangilash shartmi?
Olam
−
25 Mart 2019 9384 1 daqiqa
Qozog‘iston fuqarolari Ostona shahrining Nur-Sulton deb o‘zgartirilishi sababli hujjatlarini almashtirishlari shart emas. Bu haqda Qozog‘iston adliya vazirligi saytida xabar qilinmoqda.
“Hujjatlarda poytaxtning avvalgi nomini ko‘rsatilishi ularni yo‘qqa chiqarmaydi”, – deya izoh bergan vazirlik.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev iste’fosidan so‘ng yangi davlat rahbari Qosim-Jomart Toqayev Ostona shahrini birinchi Prezident sharafiga nomlash taklifini berdi.
Avvalroq, qozog‘istonliklar poytaxt nomini o‘zgartirishga qarshi petitsiya e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Live
BarchasiOzon teshigi rekord darajada kengaydi
06 Noyabr