Ostona aeroportida yong‘in chiqdi

Olam

image

Qozog‘istonning Ostona shahridagi aeroportda bugun, 27 fevral kuni ertalab yong‘in sodir bo‘lgani ortidan u yerdagi odamlar evakuatsiya qilindi. Bu haqda "Nur.kz" nashri xabar berdi.

Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining aniqlik kiritishicha, xizmatga aeroport terminalining elektr panel qismida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in 1 va 2-terminallar oralig‘idagi galereyada boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 08:24 da yong‘in o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida 18 ta samolyotning parvozi kechiktirildi – asosan ichki reyslar, shuningdek, Sankt-Peterburg, Varshava va Dubayga yo‘l olgan samolyotlar. Kechiktirilgan reyslarning aniq uchib ketish vaqti ma’lum emas.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ostona Ostona aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing