Oston O‘runov Eron chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi

Sport

image

Transfermarkt portali Eron Pro ligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov Eron chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylandi.

Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, Oston O‘runovning narxi 2 million yevro, deya baholandi. Ikkinchi o‘rinda 1,8 million yevro bilan “Istiqlol” futbolchisi Yasir Asani turibdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Jaloliddin Masharipovning bozor qiymati 1,2 million yevroga baholangan va u umumiy ro‘yxatda 10-o‘rinni egallagan. 

Shuningdek, Odiljon Xamrobekov 1 million yevro, Rustam Ashurmatov 700 ming yevro va O‘tkir Yusupov 500 ming yevro deb baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Transfermarkt portali O‘zbekiston Superligasidagi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangilagan va unga ko‘ra, “Nasaf” darvozaboni Abduvohid Ne’matov Superliganing eng qimmat futbolchisi sifatida qayd etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Oston O'runov Transfermarkt “Persepolis”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing