Shomurodovning transfer narxi ko‘tarildi
Sport
−
06 mart 8969 1 daqiqa
Nufuzli “Transfermarkt” portali Turkiya Superligasi futbolchilarining bozor qiymatlarini yangiladi. Unda Eldor Shomurodovning bozor narxi 2 million yevroga yuqorilab, jamoasining eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Yangilangan ro‘yxatda “Istanbul Bashakshehir” safida to‘p surayotgan yana bir O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev ham qayd etildi. Fayzullayevning narxi o‘zgarishsiz qolib, 7 million yevroni tashkil etmoqda. Hozirda o‘zbekistonlik futbolchilar klubida eng qimmat o‘yinchilar bo‘lib turibdi.
Shomurodov O‘zbekistonning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yetakchilik esa 35 million yevro bozor qiymati bilan Abduqodir Husanovga tegishli.
Bundan tashqari, “Istanbul Bashakshehir” hujumchisi Eldor Shomurodov hujumchilar bozor qiymati reytingida dunyo bo‘yicha 227-o‘rinni egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, hozirda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi Turkiya Superligasida 24-turdan so‘ng 39 ochko jamg‘argan holda 6-pog‘onani egallab turibdi.
Live
Barchasi