Osiyo “yevro”sini yaratish taklif qilindi

Olam

image

Osiyo davlatlari import va eksport amaliyotlarida foydalanish uchun yagona valyuta joriy qilishi kerak. Malayziya Bosh vaziri Maxatxir Muhammad Tokiodagi Osiyo taraqqiyotiga bag‘ishlangan iqtisodiy forumdagi chiqishi vaqtida shunday fikr bildirdi.

“Agar Osiyo mamlakatlari birlashishni istasa, ular oltin standarti asosida yagona savdo valyutasi ustida ish boshlashi kerak. Uni ichki hisob-kitoblarga emas, davlatlar o‘rtasidagi savdolarda foydalaniladi”, degan Maxatxir Muhammad.

Shuningdek, Bosh vazir dunyoda shakllangan amaldagi valyuta ayirboshlash tizimida mahalliy to‘lov vositalari tashqi omillarga bog‘lanib qolishi va manipulyatsiya ob’ektiga aylanishini ta’kidladi.

Avvalroq, AQSH Moliya vazirligi Malayziyani valyuta manipulyatsiyasida gumonlanuvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Malayziya valyuta

Baholaganlar

90

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made