Osiyo o‘yinlarida medallar jamg‘arish reytingi qanday?

Sport

image

Kecha, 22 sentyabr kuni 2026 yilgi Ayti–Nagoya Osiyo o‘yinlari rasmiy 3 kuni yakunlandi. Unga ko‘ra, Xitoy 32 ta oltin, 13 ta kumush va 8 ta bronza medali bilan umumiy reytingda birinchi o‘rinda bormoqda. 

Yaponiya 11 ta oltin, 16 ta kumush va 19 ta bronza medali bilan ikkinchi, Janubiy Koreya esa 6 ta oltin, 4 ta kumush va 17 ta bronza medali bilan uchinchi o‘rinni egallagan.

Qozog‘iston 6 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan to‘rtinchi, Tailand 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza bilan beshinchi o‘rinda turibdi. Gonkong 3 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan oltinchi, Tojikiston 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza bilan yettinchi pog‘onadan joy olgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi hisobida hozircha 1 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 6 ta medal bor. Milliy delegatsiya ushbu natija bilan umumiy medallar jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi. Hindiston 1 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan 8-o‘rinda, Xitoy Taypeyi esa 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonlik sportchilar 2023 yili Xanchjou shahrida o‘tkazilgan so‘nggi yozgi Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza – jami 71 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing