Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonning oltinlari soni 20 taga yetdi
Sport
−
20:54 1039 1 daqiqa
Bugun, 2 oktyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston vakillari yana 1 ta oltin va 1 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Ushbu medallarni delegatsiya g‘aznasiga taekvondochilar qo‘shib qo‘ydi.
Xususan, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Jasurbek Jaysunov musobaqaning oltin medaliga ega chiqdi. U final qarama-qarshiligida Xitoy Taypeyi vakili Jiun Yi Hungga qarshi dayangga ko‘tarildi. Qizg‘in kurashlar ostida o‘tgan jangda Jasurbek bor imkoniyatini ishga solgan holda g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ozoda Sobirjonova esa Osiyo o‘yinlarining kumush medaliga sazovor bo‘ldi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchi finalda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.

Ma’lumot uchun, hozirda Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi g‘aznasida 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronza medal bor. Ushbu natija reytingda 4-hisoblanadi. O‘zbekistondan yuqorida Janubiy Koreya, Yaponiya va Xitoy o‘rin olgan.
Live
Barchasi