Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi 9-kumush medalni qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayti–Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi akademik eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Ayollar o‘rtasidagi yakkalik dasturida ishtirok etgan 34 yoshli Anna Prakaten finishga ikkinchi bo‘lib yetib keldi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar kun doirasida o‘zbekistonlik sportchilar akademik hamda kanoe va baydarkada eshkak eshish bahslarida 7 ta medalni qo‘lga kiritgandi.

Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 18 taga ( 2 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 9-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing