Osiyo o‘yinlari sovrindorlarining mukofot pullari 2,5 baravarga oshirildi
Sport
−
18:25 464 1 daqiqa
Hozirda Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti beriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 apreldagi imzolangan PQ-114-son qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlarda so‘z boradi.
Yangi tartibga ko‘ra, sportchilarning mukofot puli oltin medal uchun 25 ming, kumush medal uchun 12,5 ming, bronza medal uchun 6 250 AQSH dollariga yetkazilgan. Murabbiylar uchun esa oltin medal uchun 10 ming, kumush medal uchun 5 ming, bronza medal uchun 2 500 AQSH dollari qilib belgilangan.
2023 yilgi Xanchjou Osiyo o‘yinlarida sportchilarga oltin medal uchun 10 ming, kumush medal uchun 5 ming, bronza medal uchun esa 2,5 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli berilgan edi. Sovrindor sportchilarni tayyorlagan murabbiylarga esa oltin medal uchun 5 ming, kumush medal uchun 2,5 ming, bronza medal uchun 1 250 AQSH dollari to‘langan.
Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 10 taga ( 1 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 14-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, 200 ming AQSH dollari pul mukofoti olishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi