Osiyo terma jamoasi Xavini bosh murabbiylikka taklif qildi

Sport

image

Ispaniyalik mutaxassis Xavi “Barselona”ni tark etishini bilanoq, Janubiy Koreya terma jamoasi unga taklif bilan chiqdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 2026 yilgi Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun Janubiy Koreya terma jamoasi rahbarlari Xavini bosh murabbiy sifatida ko‘rishni istagan.

O‘z vaqtida “Al-Sadd” murabbiyi bo‘lgan Xavini Braziliya terma jamoasiga ham taklif qilishgan. “Pentakampionlar”ning rejasiga ko‘ra, Xavi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan Titening yordamchisi bo‘lishi va shundan keyingina jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanishi lozim edi.

Hozirda mutaxassisga “Manchester Yunayted” va “Milan” klublaridan qiziqish bor, biroq “Barselona”ning sobiq bosh murabbiyi bir yil dam olmoqchi va har qanday jamoa taklifini rad etadi. Shuningdek, Xavi ta’tildan keyin La Liganing hech bir klubi taklifini qabul qilmaydi, chunki u “ko‘k-anorranglilar”ga raqobatchi bo‘lishni istamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Barselona Xavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing