Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston finalda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 3 may kuni Qatarda futbol bo‘yicha olimpiya terma jamoalari o‘rtasida  Osiyo kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yaponiya olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ jurnalisti Shaxzod Shukurov to‘g‘ridan-to‘g‘ri futbol maydonidan ma’lum qildi.

Osiyo kubogi U23. Final

3 may (juma)
Yaponiya U23 – O‘zbekiston U23 – 1:0
Bosh hakam: Moud Bunyodifard (Eron)
VAR: Evans Robert (Avstraliya)
Gol: Yamada, 90+1
Foydalanilmagan penalti: Umarali Rahmonaliyev, 90+9 (darvozabon).
O‘zbekiston: 1.Abduvohid Ne’matov, 2.Saidazamat Mirsaidov (3.Zafarmurod Abdurahmatov, 75), 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 10.Jasurbek Jaloliddinov, 17.Diyor Xolmatov (15.Umarali Rahmonaliyev, 90+5), 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 90+5), 20.Ruslan Jiyanov (9.Ulug‘bek Hoshimov, 75), 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo‘riyev.

Yaponiya: 1.Leo Kokubo, 4.Xiroki Sekine, 5.Seiji Kimura, 22.Kota Takai, 21.Ayumu Oxata, 8.Joel Chima, 7.Rihito Yamamoto (6.Sota Kavasaki, 72), 17.Kuryu Matsuki (13.Ryotaro Araki, 62), 9.Shota Fujio (20.Xirakava, 62), 19.Mao Xosoya, 10.Kein Sato (11.Fuki Yamada, 72).

Ogohlantirishlar: Shota Fujio (7), Mao Xosoya (16), Seiji Kimura (75), Abduvohid Ne’matov (79).

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ bundan avvalgi yarim final bosqichida Indoneziya termajamoasiga qarshi bahs olib borib g‘alaba qozonib Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi U23

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing