Osiyo kubogi U-23: final bahsini qatarlik hakamlar brigadasi boshqaradi

Sport

image

Joriy yilning 19 iyun kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogi U-23 ning final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoni U-23 termasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvni qatarlik hakam boshqarib boradi. Bu haqda UFA xabar berdi

Finalda bosh hakam sifatida qatarlik Salmon Ahmad Falahi ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yusuf Orif Ash-Shamari hamda Zahiy Snaid Ashshammari yordam beradi. Uchrashuvda VAR hakami vazifasi Omar Muhammad Ahmad Hassanga (BAA) topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, OFKning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarning Yaponiyaga qarshi yarim final uchrashuviga muxlislar kiritilmagan edi. Bunga sabab sifatida Iroqqa qarshi chorak final o‘yinida o‘zbekistonlik muxlislar tomonidan uyushtirilgan toshbo‘ron keltirilgan. Ishqibozlar maydonda bo‘lmasa ham O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyani ishonchli tarzda mag‘lub qilib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Osiyo kubogi U-23

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing