Osiyo kubogi U-23: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni mag‘lub qilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi 

Sport

image

Osiyo kubogi U-23: Saudiya Arabistoni O‘zbekistonni mag‘lub qilib, chempionlikni qo‘lga kiritdi 

Bugun, 19 iyun kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tgan Osiyo kubogi U-23 ning final uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bahsning dastlabki daqiqalarida ikkala jamoa ham ehtiyotkor harakat qildi. Biroq 1-bo‘lim o‘rtalariga kelib, o‘zbekistonlik futbolchilar tashabbusni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Saudiyaliklar esa himoyadagi o‘ta tartibli o‘yini bilan ajralib turdi. 38-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. Biroq saudiyalik futbolchilardan biri o‘yindan tashqari holatda qolib ketganligi sababli vaziyatga VAR aralashib, 11 metrlik jarima zarbasi bekor qilindi va ikkala tomon uchun ham qiyin kechgan birinchi taymda 0:0 hisobi saqlanib qoldi.

Ikkinchi bo‘limni saudiyalik o‘yinchilar o‘ta hujumkor ruhda boshladi. Ularning harakatlari 49-daqiqada o‘z samarasini berdi. Ahmed ajoyib tarzda O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi. Hisobda ortda qolishni boshlagan Kapadze shogirdlari hujumlar sonini ko‘paytirishga urindi. Biroq arab o‘yinchilar maydon markazi va himoyani "betonlab" tashladi. Shu sababli o‘zbekistonlik yoshlarning hujumlari keskin ko‘rinish olishga ulgurmay to‘xtatildi.

62-daqiqada Jasur Jaloliddinov tomonidan berilgan dahshatli zarbaga birozgina aniqlik yetishmadi. 74-daqiqada Feras hujumga berilib ketgan o‘zbekistonliklarni qarshi hujumda jazoladi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Shundan so‘ng, ruhiy ustunlik arab futbolchilari tomonga o‘tdi. Qanchalik harakat qilmasin, Kapadze shogirdlari vaziyatni o‘nglay olmadi va butun musobaqa davomida bironta gol o‘tkazmagan Saudiya Arabistoni Osiyo kubogida zafar quchdi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi U-23 Saudiya Arabiston

Baholaganlar

601

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing