Osiyo kubogi-2023: O‘zbekiston-Tailand o‘yiniga 23 mingga yaqin chipta sotildi
Sport
−
29 yanvar
9945Osiyo kubogi bahslari yakuniga yaqinlashgani sari o‘yinlar qiymati ham ortib bormoqda. Shunga yarasha bahslarga qiziqish oshib, o‘yinlar uchun chiqarilgan chiptalar sotuvi hajmi kengaygan. Hozirga kelib, 1/8 finaldan o‘rin olgan O‘zbekiston-Tailand bahsi uchun chiqarilgan 22978 ta chipta sotib bo‘lindi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimabev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda eng ko‘p chipta 1/8 finalning markaziy o‘yini Saudiya Arabistoni-Janubiy Koreya bahsi uchun sotilgan. 37 mingdan ortiq bilet allaqachon o‘z egasini topib ulgurgan.
Qizig‘i shundaki, O‘zbekiston-Tailand o‘yiniga 23 mingta chiptaning atigi 165 tasini o‘zbekistonliklar xarid qilgan.
Hozirga kelib Bahrayn-Yaponiya uchrashuvi uchun 34 mingdan ortiq, Iroq-Suriya o‘yiniga esa 7 mingga yaqin chipta sotildi.
LiveBarchasi