Osiyo kubogi-2023: O‘zbekiston-Tailand bahsi malayziyalik hakamlarga ishonib topshirildi

Sport

image

Ertaga, 30 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Tailand uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. O‘yinni malayziyalik FIFA referisi Muhammad Nazmi bin Nasaruddin boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyutrlari Muhammad Zairul va Arif Shamil yordam beradi. Zaxira hakami sifatida ummonlik Ahmad Abu Bakar Said al-Kaf qayd etilgan. VAR'da esa Omar amirliklaridan Muhammad Ahmad ishlasa, AVAR tizimida saudiyalik Xolid Solih Alturais faoliyat olib boradi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Tailand bahsi Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi. Bahsda g‘alaba qozongan jamoa 1/4 finalda Qatar-Falastin juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing