Osiyo kubogi-2023: O‘zbekiston noxush an’anasiga barham berdi

Sport

image

Bugun, 23 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari davom ettirildi. “B” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruh g‘olibligi uchun Avstraliyaga qarshi bahs olib borib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Shunday qilib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o‘yinlardagi golsiz seriyasiga barham berdi.

Uchrashuvda dastlabki golni 45+1 daqiqada penaltidan raqib futbolchisi Boyl kiritdi. 79-daqiqada Jaloliddin Masharipov uzatib bergan to‘pni Aziz Turg‘unboyev boshi bilan “kengrular” darvozasiga joylab qo‘ydi va hisobdagi muvozanatni tikladi. 1:1 hisobi uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi.

O‘z guruhida 5 ochko to‘plab, 2-o‘rinni band etgan Srechko Katanets shogirdlari endi 1/8 finalda “F” guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing