Osiyo kubogi-2023: O‘zbekiston chorak finalga chiqdi
Sport
−
30 yanvar
11229Bugun, 30 yanvar kuni futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Tailand bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Srechko Katanets shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda gollarga “oq bo‘rilar”dan Aziz Turg‘unboyev va Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Tailand terma jamoasidan yagona javob to‘pini 7-raqamdagi Supachok kiritdi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston Osiyo kubogida Tailand darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi jamoa bo‘ldi. Tailandliklar guruh bosqichida o‘z darvozasidan gol qo‘yib yubormagan.
Endi O‘zbekiston milliy terma jamoasi musobaqaning chorak finalida mezbon Qatar bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qatar o‘yini 3 fevral kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
LiveBarchasi