Osiyo kubogi-2023. Bugun O‘zbekiston yurishini boshlaydi
Sport
−
13 yanvar 2024 11381 1 daqiqa
Kecha, 12 yanvar kuni Qatar yashil maydonlarida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari start oldi. Ochilish o‘yinida mezbonlar Livan terma jamoasi bilan kuch sinashib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham guruh bosqichidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazadi. Srechko Katanets shogirdlariga Suriya termasi raqiblik qiladi.
Bugungi uchrashuvda “oq bo‘rilar” oq rangli libosda harakatlanishsa, suriyalik futbolchilar qizil liboslarda to‘p tepadi. O‘zbekiston termasi darvozaboni esa qora rangli libosda harakatlanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Suriya o‘yini Toshkent vaqti bilan 22:30 da start oladi. Bahsga “Jassim bin Hamad” stadioni mezbonlik qiladi.