Osiyo chempionlariga qanday mashina sovg‘a qilinishi ma’lum bo‘ldi (video)

Sport

image

Xabaringiz bor, joriy yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunlariga ko‘ra mezbon – O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida Ravshan Haydarov shogirdlari iroqlik futbolchilarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarixiy g‘alabadan so‘ng, Osiyo chempionlariga Lacetti (Gentra) mashinalari sovg‘a qilinadi. Hozirda “Bunyodkor” stadionida 30 ga yaqin Lacetti (Gentra) mashinasi o‘z egasini kutib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston - Iroq o‘yinini stadiondan bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham kuzatib borgandi. Bahs yakunlangach, davlat rahbari g‘olib futbolchilarga medal taqib, ular bilan musobaqa sovrinini boshi uzra ko‘tardi.


Maqola muallifi

Teglar

U-20

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing