Osiyo chempionati finalidagi ilk mag‘lubiyat
Sport
−
26 aprel 2019
4555Hozirgina Tailand poytaxtida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida navbatdagi final janggi o‘tkazildi.
-91 kg vazn toifasidagi bahsda o‘zbek bokschisi Sanjar Tursunov Janubiy Koreya vakili Xyong Kyu Kimga qarshi ringga ko‘tarildi. Koreyalik bu bokschi kecha yarim finalda qozog‘istonlik Levitni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ygandi.
Bugungi final jangida ham u kichik ustunlikka ega bo‘ldi. Yakunda Tursunov raqibiga ochkolar hisobiga ko‘ra imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan kifoyalandi.