Osiyo chempionati finalida beshta o‘zbek bokschisi ringga chiqadi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslari o‘tkazilmoqda. Biroz oldin uchta o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari yarim finalda g‘alaba qozonib finalga yo‘l olgani haqida xabar bergan edik.

Kunning ikkinchi yarmida yana bir o‘zbek bokschisi yarim final jangini o‘tkazdi. -69 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov hindistonlik Ashishga qarshi ringga ko‘tarildi.

Uchchala raundda ham raqibidan sezilarli ustunlikka erishgan Bobousmon g‘alaba qozonib, finalga yo‘l oldi. 

Undan so‘ng +91 kg vazn toifasidagi bokschi Bahodir Jalolov yarim final jangida ringga ko‘tarildi. O‘zbek bokschisi suriyalik Muhammad Mulayesni katta ustunlik bilan mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Bahodir finalda ringga chiqadigan beshinchi o‘zbek bokschisiga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing