Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Sport

image

Kecha, 24 fevral kuni Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh Toshkenga keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida AIBA prezidenti G‘afur Rahimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari kutib olgan. Al-Saboh bilan birga delegatsiya tarkibida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi prezidenti, OSA Osiyo o‘yinlari departamenti direktori Haydar Farmon, OCA kotibi Lyusen Alvarez ham tashrif buyurgan.

MOQ tomonidan 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgan. 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun O‘zbekistondan tashqari Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vogarlik qilmoqda.

O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini keng muhokama qilish maqsadida Al-Saboh boshchiligidagi delegatsiya ikki kun davomida O‘zbekistonda bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo Olimpiya Kengashi Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh

Baholaganlar

16

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing