O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligiga da’vogarlik qilmoqda

Sport

image

Xabaringiz bor, Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh kecha, 24 fevral kuni O‘zbekistonga kelgan edi. 

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov OOK prezidenti Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, AIBA prezidenti G‘afur Rahimov ham ishtirok etdi. Unda tomonlar 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonning Toshkent hamda Samarqand shaharlarida o‘tkazish masalalarini muhokama qilishgan. 

Shuningdek, uchrashuv davomida yirik kompleks musobaqa uchun yangi sport inshootlari va Olimpiya shaharchasini qurish, logistika, qulay transport marshruti, yuqori saviyadagi tadbirlarni tashkil qila olish mexanizmi, o‘yinlar translyatsiyasi va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

XXI Osiyo o‘yinlarni qabul qilish uchun shuningdek, Qatar, Hindiston va Filippin kabi mamlakatlar da’vorgarlik qilmoqda.

Ushbu muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Assambleyalaridan birida Osiyo o‘yinlari-2030 mezbonligi bo‘yicha o‘z taqdimotini o‘tkazishiga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil yakunida Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida yirik xalqaro sport musobaqalarini, jumladan, Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonga o‘tkazish kerakligini aytgandi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Shayx Ahmad Al-Fahad Al-Saboh G'afur Rahimov Osiyo o'yinlari Umid Ahmadjonov

Baholaganlar

45

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing