MJTKga yangi modda kiritildi
Jamiyat
−
29 avgust 2019
4417Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagi 49-4-moddasi kiritildi:
“49-4-modda. Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.”
LiveBarchasi