Ortiqxo‘jayevning qabuliga kelgan fuqaro ushlab, olib ketildimi? IIBB izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda bir fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamoat tartibini buzib shovqin ko‘tarayotgani aks etgan video tarqalmoqda. Ushbu videoga sharhda esa go‘yoki Toshkent shahar hokimi qabuliga kelgan fuqaroni qabulga qo‘yishmayotgani haqida yolg‘on ma’lumot berilgan. 

Mazkur holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 10 aprel kuni taxminan soat 19:00 larda Chilonzor tumanidagi “Dilobod” mahallasida 1996 yilda tug‘ilgan T.G. bir nechta fuqarolar bilan og‘zaki janjallashib jamoat tartibini buzgan. So‘ng voqea joyiga yetib kelgan ichki ishlar organlari xodimlarining jamoat tartibini saqlash haqidagi qonuniy talabini bajarmasdan, ommani o‘ziga qaratish maqsadida baqir-chaqir qilib, IIO xodimlaridan qochishga harakat qilgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) hamda 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) alomatlari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun sudga taqdim etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB

Baholaganlar

478

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing