Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar va maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
17 mart 2020
12206Bugun, 17 mart kuni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar va maslahatchi tayinlandi.
Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar Kengashi raisi vazifasida ishlab kelgan Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri sifatida boshlagan ham o‘tgan yillar davomida ushbu tashkilotda mas’ul vazifalarda ishlagan.
Akmal Ro‘zitoyev esa Toshkent shahar hokimining Davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.
Akmal Ro‘zitoyev 1984 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigatsiya institutini, 2008 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U ko‘p yillar davomida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining ijroiya qo‘mitasida turli vazifalarda ishlagan.
LiveBarchasi