Ortiqxo‘jayev Toshkentda yer uchastkalarining narxini belgilamoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi. Qaror bilan Toshkent shahar hokimligi poytaxt yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun eng kam to‘lov miqdorlarini belgilashni rejalashtirmoqda.

“Belgilangan narxlar yer uchastkalarini doimiy foydalanishga olish uchun belgilangan eng kam narx hisoblanadi. Yer uchastka narxlari soliq hududlaridan kelib chiqqan holda belgilangan”, deyilgan qaror matnida.

Hokimlik qarori loyihasida 1 gektar yer uchun quyidagi narxlar belgilangan:

1-zona – 18 102 214 700 so‘m; 
2-zona – 14 481 771 800 so‘m; 
3-zona – 10 861 328 800 so‘m; 
4-zona – 7 240 885 900 so‘m; 
5-zona – 3 620 443 000 so‘m; 

Markazga eng yaqin bo‘lgan 1, 2, 3-zonalar Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlari joylashgan. Sergeli va Uchtepa tumanlari 4, 5-zonalarda joylashgan. Bektemir tumani – 5 hududda joylashgan. 

Qaror 27 fevralga qadar muhokamada bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Qaror loyihasi

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing