Ortiqxo‘jayev “Paxtakor” o‘yinini ko‘rish uchun shaxsiy samolyotida Saudiyaga yo‘l oldi

Sport

image

Tadbirkor va “Paxtakor” klubi prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev “sherlar”ning “Al-Hilol”ga qarshi o‘yinini stadiondan kuzatib borish uchun Saudiyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoa prezidenti Jahongir Ortiqxo‘jayev va uning biznes sheriklari shaxsiy samolyotda “Al-Hilol”-“Paxtakor” o‘yinini stadiondan kuzatib borish uchun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga yo‘l oldi.

Ma’lumot o‘rnida, 12 martga o‘tar kechasi Elit Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi javob o‘yinida “Paxtakor” “Al-Hilol” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, 4 mart kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinda “Paxtakor” “Al-Hilol”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. “Ar-Riyod” gazetasi “Al-Hilol” klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush “Paxtakor”ga qarshi javob o‘yinida g‘alaba qozonmasa, ishdan olinishi mumkinligini xabar qildi. Biroq javob o‘yinida “Al-Hilol”ning bir qator yulduzlari “Paxtakor”ga qarshi o‘ynamasligi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Jahongir Ortiqxo'jaev Al-Hilol Elit Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing