Ortiqxo‘jayev 5 tuman hokimi faoliyatini tanqid qilib, ularni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtning 5 ta tuman hokimi faoliyatini tanqid qilib, ularni ogohlantirdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Joriy yilning 18 mart kuni Toshkent shahar hokimi Ortiqxo‘jayev raisligida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi va ularga mutasaddi rahbarlarning munosabati yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilgan. 

Yig‘ilishda Toshkent shahar va tuman hokimliklari, mahalliy davlat boshqaruv organlariga tushgan yozma va og‘zaki murojaatlarning ko‘rib chiqilishi, hal etilishi hamda o‘z vaqtida asosli javob berishiga jiddiy e’tibor qaratilgan. 

Muhokama jarayonida Yakkasaroy tumanida 29 ta, Olmazor tumanida 16 ta, Mirzo Ulug‘bek tumanida 14 ta, Shayhontoxur tumanida 13 ta va Sergeli tumanida 11 ta murojaat belgilangan muddatda ijro etilmaganligi tanqid qilinib, tuman hokimliklari ogohlantirilgan. 

Shu bilan bir qatorda fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va qonun doirasida hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing