Ortiqxo‘jayevning qarorida uylarni buzish haqida nima deyilgan edi?
Jamiyat
−
21 fevral 2019
15502Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Mirzo Ulug‘bek tumani aholi bilan uchrashib, ularning shaharda, xususan, tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari yuzasidan, qolaversa, uylar qirg‘ini haqidagi fikrlariga quloq tutgandi. O‘sha yig‘ilishda hokim “aholi roziligisiz hech bir uy buzilmaydi”, degan fikrni ilgari surgandi. Toshkent shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, hokimining aytgan so‘zlari nafaqat Mirzo Ulug‘bek tumaniga, balki poytaxtdagi barcha hududlarga tegishlidir.
Toshkent shahar hokimligi uylar aholining ruxsatisiz buzilmasligi Toshkent shahar hokimining rasmiy qarorida ham o‘z ifodasini topganini ma’lum qilib, qaror matnini ochiqladi.
Ushbu qarorda ham buzilishga tushgan turar va noturar joy binolarini buzish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 97-sonli qarorida ham mazkur masala yuzasidan alohida Nizom asosida, ya’ni mulk egalariga yetkazilgan zarar to‘liq qoplanganidan so‘ng amalga oshirilishi aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Qaror doirasida, qarorning 2-bandida ko‘rsatilgan komissiya turar (noturar) joy egasi va investor ishtirokida masalani ko‘rib chiqadi va joy egasiga yetkazilgan zarar investor tomonidan to‘liq qoplab berilganligini tasdiqlaydi. Faqat shundan so‘nggina, buzish ishlariga kirishiladi.
LiveBarchasi