Ortiqxo‘jayev: “Rozi bo‘lmasangiz, uyingiz buzilmaydi”
Jamiyat
−
19 fevral 2019
12562Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kecha, 18 fevral kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida va Markaz-1 hamda Markaz-2 hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashdi.
“Unda shahar hokimi ushbu hududlar aholisi orasida yuzaga kelgan savollarga aniqlik kiritdi. Dastlab hokim aholining o‘z turar joylari, tumanlarida olib borilayotgan qurilishlar haqidagi fikrlari bilan tanishdi”, deyiladi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati tomonidan berilayotgan xabarda.
Uchrashuvda murojaat bilan kelgan fuqarolar Toshkentdagi bunyodkorlik tadbirlari va uylar holati bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi. Toshkent shahar hokimi poytaxtimizdagi buzilishi ehtimoli bo‘lgan hududlardagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha axborot bergan.
Xususan, bu borada tegishli hududlarda ofislar tashkil etilib, har bir oilaning bu boradagi fikrlari o‘rganilishi ma’lum qilindi. Aholining bizning uylarimiz buziladimi degan savoliga esa sizning roziligingizsiz bu ish amalga oshmaydi, deya ta’kidlagan Jahongir Ortiqxo‘jayev.
LiveBarchasi