Ortga yo‘l yo‘q. Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchda qoldirmoqchi
Olam
−
30 mart 2022 7772 1 daqiqa
Moskva va Kiyev o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilgan taqdirda ham Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson mamlakat parlamentining Jamoalar palatasi (quyi palata) yig‘ilishida ma’lum qildi.
Jonsonning qayd etishicha, Buyuk Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi deputatlari Ukrainaga ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatishga chaqirishda mutlaqo haq. Britaniya hukumati rahbari esa London Kiyevga harbiy va mudofaa yordamini ikki baravar oshirishi kerak, deb hisoblaydi.
“Bundan tashqari, biz dunyodagi do‘stlarimiz va hamkorlarimizdan hech biri sanksiyalardan chekinmasligiga ishonch hosil qilamiz. Aslida, biz Vladimir Putinga iqtisodiy bosimni kuchaytirishimiz kerak va har qanday sanksiyalarni bekor qilish mutlaqo aqlga sig‘maydi. Menimcha, bu muhokama mavzusi bo‘lmasligi kerak”, degan Jonson.
Boris Jonson rossiyalik jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust