Orolbo‘yidagi Sudoche ko‘lida yong‘in yuz berdi (video)

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan “Sudoche” ko‘lida joriy yilning 27 iyul kuni soat 15:00larda qamishzor yongani aniqlandi. Bu haqda “Sudoche-Akpetki” davlat buyurtma qo‘riqxonasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in Qoraqalpog‘iston Ekologiya qo‘mitasining Qo‘ng‘irot tuman inspeksiyasi va Sudoche-Aqpetkey davlat buyurtma qo‘riqxonasining davlat inspektorlari tomonidan joyiga borib o‘rganilgan.

“Yong‘in sodir bo‘lgan yerda qamish o‘sadi, yong‘in ko‘l o‘rtasida sodir bo‘lgani sababli borishning iloji bo‘lmagan”, deyiladi xabarda.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra yong‘in havo harorati anomal darajada keskin ko‘tarilib, juda qattiq isib ketishi sababli kelib chiqqanligi taxmin etilmoqda. Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

102

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing