Orolbo‘yida 12 trillion 300 milliard so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
Jamiyat
−
16 noyabr 2020
58762020-2022 yillarda Orolbo‘yida umumiy qiymati 12 trillion 300 milliard so‘m bo‘lgan 1 ming 359 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Shundan 523 million dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi va qariyb 20 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu haqda joriy yilning 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks rivojlantirish dasturining bajarilishini ta’minlash va bu boradagi vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishda so‘z bordi. Unda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva ham ishtirok etdi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva o‘z nutqida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo‘yicha belgilab bergan vazifalarning ijrosini ta’minlashga to‘xtalgan.
Ta’kidlanganidek, bu bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturda har bir shahar va tumanning “o‘sish nuqta”lari belgilandi hamda ijrosi bo‘yicha mas’ullar belgilandi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Qahramon Sariyev Dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha axborot berdi.
Shuningdek, yig‘ilishda senatorlar, Joqorg‘i Kenges deputatlari tomonidan joylarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan uchrayotgan muammolar va ularning bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar bildirilgan.